Sayt test rejimida ishlamoqda

2024 yil 20-21-may kunlari Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

Bosh sahifa 2024 yil 20-21-may kunlari Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.

2024 yil 20-21-may kunlari Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda “Gibbs oʻlchovlari va dinamik tizimlar nazariyasi” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda akademiklar – Shavkat Ayupov, Azimboy Sa’dullayev, Abdulla A’zamov, Oʻtkir Roziqov va 20 dan ortiq professorlar o’z ma’zuralari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, professor Leonid Bogachev (Buyuk Britaniya), professor Ostap Grinov (Buyuk Britaniya), professor Sabir Umarov (AQSH), professor Andrey Xrennikov (Shvetsiya), professor Benedikt Jahnel (Germaniya), professor Aminah Kavasmeh (BAA), professor Farrux Muhamedov (BAA), professor Humberto Rafeiro (BAA), professor Viktor Bovdi (BAA), professor Lingmin Liao (Xitoy), professor Mansur Saburov (Quvayt), professor Chin Hee Pah (Malayziya), professor Mariya Velasko (Ispaniya), professor Ivan Kaygorodov (Portugaliya) kabi dunyoning yetakchi matematik olimlari ham o’z ma`ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiya materiallarining pdf shakli