Sayt test rejimida ishlamoqda

AIFU Malayziyadagi TOP universitetlaridan biri bilan hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvga erishdi.

Bosh sahifa AIFU Malayziyadagi TOP universitetlaridan biri bilan hamkorlik qilish bo’yicha kelishuvga erishdi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti  va Universiti Malaysia Sarawak (UNIMAS) rahbariyati o’rtasida muhim uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda AIFUrektori G’olibjon Botirov va Strategik rivojlanish va moliyaviy masalalar bo’yicha prorektor Shahzodbek Yavqochev UNIMAS Akademik rivojlanish va boshqaruv markazi direktori, professor Dr. Nur Tohirah binti Razali boshligidagi UNIMAS delegatsiyasi bilan muzokara olib borishdi.

Uchrashuv davomida, AIFU talabalariga bakalavr va magistratura bosqichlari uchun qo’shma dasturlar, UNIMASda qisqa muddatli kurslarni  tashkillashtirish hamda AIFUda tashkillashtiriladigan maxsus kurslarga UNIMAS professor-o‘qituvchilari ishtirokini ta’minlash, ilmiy hamkorlik bo’yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olishdi.

Uchrashuv yakunida, AIFU rahbariyatini UNIMASga taklif qilishdi va u yerda hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi. Bu kelishuv ikki universitet o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: UNIMAS QS World University Rankingsda 1001-1200 o’rin, THE World Universities Rankingda 1054-o’rinni egallagan. Qolaversa, Malayziyadagi 600 ga yaqin oliy o’quv yurtlari reytingida TOP-20da joylashgan.