Bugun Aniq va ijtimoiy fanlar universitetiga Beyra ichki ishlar universiteti professori Ivan Kaygorodov hamda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari, professor Abror Xudayberdiyev mehmon bo‘ldi.
Tashrif davomida universitet rektori, professor G‘olibjon Botirov mehmonlarni universitetning kafedralari, o‘quv binolarini va ish jarayoni bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, 2024-yil 13-sentyabr kuni AIFUda “XIV Non-Associative Day in Tashkent” tadbirini o‘tkazish hamda CIMPAning 17 000 yevrolik granti doirasida 2025 yil 28-apreldan 9-mayga qadar matematiklar uchun “CIMPA school”ni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida, professorlarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi va ularning ta’lim muassalari bilan ilmiy aloqlarni yanada chuqurlashtirishga kelishib olindi. DIQQAT, QABUL DAVOM ETMOQDA Kvotalar soni kundan-kunga kamayib bormoqda. Hoziroq talabalar safidan o’z joyingizni band qiling.
UZBMB natijasi bilan topshirish;
👉 Ikkinchi mutaxassislik;
👉 O’qishni ko’chirish;
👉 Magistratura;
