Sayt test rejimida ishlamoqda

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘z faoliyatini boshladi

Bosh sahifa Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘z faoliyatini boshladi

Universitetning bakalavr va magistratura bosqichiga 9 ta yo‘nalish bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida hujjatlar qabul qilinmoqda.

Mazkur universitetga vakolatli davlat organi tomonidan litsenziya berilgan va bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomi beriladi va diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari qatori O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda tan olinadi.

Litsenziya

Bugungi kunda universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul davom etmoqda:

Bakalavriat-kunduzgi

  • Matematika va informatika
  • Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
  • Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bakalavriat-Sirtqi

  • Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘icha)
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Magistratura

  • Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  • Tarix (yo‘nalishlar va faoliyatlar bo‘icha)
  • Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Chet tilini bilish sertifikati talab qilinmaydi.

G‘olibjon Botirov, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori

“Universitetimiz missiyasi sifatida ilm-fan, innovatsiya va texnologiyalar yutuqlari asosida sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni belgilab olganmiz va bu yo‘lda barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

Professor-o‘qituvchilarimiz tarkibi 100 foiz ilmiy salohiyatli bo‘lib, bizga ishonib o‘qishga kelgan yoshlar va ularning ota-onalari ishonchini oqlashdek mas’uliyatli vazifani doim his qilib turamiz.

Toshkent viloyati miqyosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Universitetimiz olimpiadasida g‘olib bo‘lgan 10 nafar iqtidorli yoshlarga universitetimiz hisobidan 100 foizlik grant ajratiladi.

Shu bilan birgalikda, hokim tavsiyasi asosida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega ijtimoiy himoyaga muhtoj 10 nafar iqtidorli yoshlarga ham universitetimiz hisobidan 100 foizlik grant ajratiladi.

Bundan tashqari, universitetimiz matematika va ingliz tili fan o‘qituvchilari uchun muntazam ravishda o‘quv seminarlari, Toshkent va Quyi Chirchiq tumani maktablari o‘qituvchilarini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti o‘z kelajagini nufuzli ta’lim dargohi bilan qurishni istagan barcha yoshlarni taklif qiladi. Biz bilan yorqin va farovon kelajakka tezroq erishasiz!”.

Ta’lim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda olib boriladi.

 

Universitet kampusida talabalar uchun zamonaviy-innovatsion jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan kutubxona, kompyuter laboratoriyasi, o‘quv zallari, sport majmuasi tashkil qilingan.

Universitet ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha shartnoma miqdorlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: