Talabalarimizni O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosi bilan yanada chuqurroq tanishtirish, ularda ilmiy va nazariy dunyoqarashni shakllantirish hamda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida, Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu kelishuv o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda faoliyatlarni birgalikda amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Mazkur shartnoma asosida Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti va O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi birgalikda ilmiy-amaliy seminarlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazadi.

🗂Bu hamkorlik kelishuvi yoshlarimizni Vatanimiz tarixiga oid bilimlarini boyitishga, ularni ma’naviy va intellektual jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Universitetimiz va muzey o‘rtasidagi bu hamkorlik milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish va yosh avlodni tarbiyalashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
