Sayt test rejimida ishlamoqda

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili)

Bosh sahifa Courses Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili)

Category:

Bakalavirat

Ta'lim shakli

Kunduzgi

Ta'lim tili

Uzbek tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili)

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili) ta’lim yo’nalishi – tilni o’zlashtirish va tarjima san’ati.

Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarga tarjima nazariyasining asosiy tamoyillarini va tarjima amaliyotini chuqur o’rganish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu dastur orqali talabalar ingliz tilini mukammal o’zlashtiradilar va matnlarni to’g’ri va aniqlik bilan tarjima qilish ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

Dastur davomida talabalar turli matn turlari, jumladan, ilmiy, texnik, adabiy va huquqiy matnlarni tarjima qilish usullarini o’rganadilar. Shuningdek, ular tarjima jarayonida duch keladigan lingvistik va madaniy muammolarni hal qilishda zaruriy bilim va ko’nikmalarni rivojlantiradilar.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarga xalqaro maydonda tarjimon sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, shuningdek, til va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarning kelajakda tarjima sohasida yetakchi mutaxassis bo‘lishlariga yordam beradi.

Kunduzgi ta'lim dasturi

  • Ta'lim shakli: Kunduzgi
  • O'quv davomiyligi: 4 yil
  • Ta'lim tili: Uzbek tili
  • Kontrakt narxi: 17 000 000